16 jan 09:05
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Asosiy bahslar boshlandi, Istomin ertaga kortga chiqadi
Bugun Melburn shahrida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining asosiy to'r bahslari boshlandi.
Dunyoning 128 nafar saralangan raketka ustalari qatorida hamyurtiz Denis Istomin ham Avstraliya Ochiq chempionatining asosiy to'rida ishtirok etadi.
Qura natijasiga ko'ra, mamlakatimizning birinchi raketkasi ilk davrada xorvatiyalik Ivan Dodigga qarshi kortga chiqadi. Bu uchrashuv ertaga bizning vaqt bilan soat 10.00da boshlanishi kerak.
Ushbu bahs g'olibi
ikkinchi bosqichda katta ehtimol bilan dunyoning ikkinchi raketkasi, serbiyalik
Novak Jokovich bilan to'qnash keladi.
Taqqoslash uchun, 30 yoshli Denis Istomin dunyo reytingida 119, 32 yoshli Dodig esa 153-o'rinni egallab turibdi. Istomin Avstraliya Ochiq chempionatida yubiley 10-marotaba ishtirok etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar