So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

25 jan 18:22
Yangiliklar

Tennis

Australian Open. Ayollar o'rtasidagi final uchrashuvida kichik "sensaciya"

Avstraliyaning Melburn shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha "Katt Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Australian Open turnirining ayollar o'rtasidagi final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Bosh sovrin uchun WTA reytingida 14-pog'onani egallab turgan amerikalik Medison Kiz dunyoning birinchi raketkasi, musobaqaning amaldagi chempioni bo'lib kelgan belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqdi. 

Ikki soatu ikki daqiqa davom etgan bahsda Medison nomdor raqibasini 6/3, 2/6, 7/5 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, Australian Open 2025 chempioniga aylandi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hamon Arina oldinda bormoqda - 4:2. Lekin muhim bahsda Kiz shov-shuvli tarzda g'alaba qozonib, faoliyatidagi ilk "Katta Dubulg'a" sovrinini qo'lga kiritdi. 

Kiz uchrashuv davomida 6, Sobolenko 3 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Arinada qo'shxatolar ko'payib ketdi - 5 ga 0. Breyklar bo'yicha ustunlik chempion tomonida bo'ldi - 4 ga 3! Amerikalik tennischi bosh sovrin egasiga aylanishi barobarida Sobolenkoning Australian Open turniridagi 20 ta uchrashuvdan iborat mag'lubiyatsiz seriyasiga ham barham berdi. 

Kiz - 2000 yildan keyin Australian Open chempioni bo'lgan beshinchi amerikalikka aylandi. Ungacha Lindsey Devenport (2000), Jennifer Kapriati (2001, 2002), Serena Uilyams (2003, 2005, 2007, 2009, 2010, 2015, 2017) va Sofiya Kenin (2020) Avstraliya Ochiq chempionati chempioni bo'lishgan edi.

Bu Medisonning faoliyatidagi 10-tituli bo'ldi. U ketma-ket 12 ta uchrashuvda zafar quchdi. Australian Open turniridan oldin Adelaidadagi musobaqada ham bosh sovrinni qo'lga kiritgandi.

Kiz ikki haftalik mehnatidan 2000 reyting ochkosi va 2,2 million AQSH dollari miqdorida mukofot puli ishlab oldi. CHempionlik unvonini topshirgan Sobolenko esa 1300 ochko hamda 1,2 mln dollarga ega chiqdi. Australian Open yakunlariga ko'ra Kiz dunyoning ettinchi raketkasiga aylanib oladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing