26 fev 07:49
Yangiliklar
Tennis
Australian Open chempioni yutqazib qo'ydi
Amerikalik tennischi Sofiya Kenin kutilmaganda Qatarda davom etayotgan turniridagi ishtirokini yakunladi.
Avstraliya Ochiq chempionati g'olibasi ikkinchi davra uchrashuvida ukrainalik Dayana Yastremskayaga yutqazib qo'ydi - 3/6, 6/7(4). Uchrashuv 1 soatu 35 daqiqa davom etgan.
Sayyoramizning beshinchi raketkasi bo'lib turgan 21 yoshli Kenin 3, reytingning 25-pog'onasidan joy olgan 19 yoshli Dayana esa 13 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 1:1.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar