24 jan 14:43
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Daniel Kollinz 1/4 finalda
Melburn shahri kortlarida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati davom etyapti.
Bugun musobaqaning ikkinchi haftasiga belgilangan bosqich uchrashuvlari ham kutilmagan natijalar bilan boshlandi. Simona Xalepdan so'ng belgiyalik Elize Mertens ham musobaqa bilan xayrlashdi.
WTA reytingida 26-o'rinni egallab turgan Mertens o'zidan to'rt pog'ona pastda borayotgan amerikalik Daniel Kollinzga 6/4, 4/6, 4/6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Ikki soatu 51 daqiqa davom etgan bahsda 28 yoshli Kollinz 1 ta, 26 yashar Mertens esa 8 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 1:1. Kollinz Australian Open turniri chorak finalida franciyalik Alize Kornega qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar