19 jan 13:50
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Denis Istominning keyingi bosqichdagi raqibi malum
Avstraliyada davom etayotgan "Ulkan toj" turkumidagi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.
Bugun hamyurtimiz Denis Istomin musobaqaning ikkinchi davrasida dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi hisoblangan Novak Jokovichni mag'lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
Endilikda tennischimiz nimchorak finalga chiqish uchun ispaniyalik Pablo Karreno Bastaga qarshi kortga chiqadi.
Turnirning 30-raqamli tennischisi sifatida qayd etilgan sportchi ilk bosqichda britaniyalik Kayl Edmondni (6:2, 6:4, 6:2) mag'lubiyatga uchratgandi. Istomin esa xorvatiyalik Ivan Dodig ustidan g'alaba qozongani esa yodingizda bo'lsa kerak.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar