16 jan 10:35
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Dunyoning 4-raketkasi ilk davradayoq mag'lub bo'ldi
Dunyoning to'rtinchi raqamli tennis malikasi Simona Xalep bugun asosiy to'r bahslari boshlangan Avstraliya Ochiq chempionatining ilk davrasidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Ruminiyalik tennischi kutilmaganda amerikalik SHelbi Rojersga 3:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib, “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi yilning dastlabki turniridagi ishtirokini yakunladi.
Etiborga molik jihati shundaki, Xalep qatorasiga ikkinchi yil ham birinchi bosqichdayoq mag'lubiyatga uchramoqda. Simona bugungi mag'lubiyatini jarohati bilan izohladi.
SHelbi Rojers (AQSH) – Simona Xalep (Ruminiya, 4) – 6:3, 6:1
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar