26 jan 14:48
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Federer bir soat ichida finalga chiqdi
SHveycariyalik tennischi Rojer Federer Avstraliya ochiq chempionatida finalga chiqdi.
Federer yarim final bahsida janubiy koreyalik Xyon CHonga qarshi kortga chiqdi.
O'yinning 1 soat 2 daqiqasida CHon bahsni davom ettira olmasligini malum qildi. Bu vaqtda tablodagi hisob 6:1, 5:2 ko'rinishida edi.
Endi musobaqaning amaldagi chempioni Federer o'z titulini himoya qilish uchun xorvatiyalik Marin CHilichga qarshi kortga chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar