30 jan 13:18
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Federerni jarimaga tortishdi
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati yarim finaliga yo'l olgan tennis yulduzi Rojer Federer jarima to'laydigan bo'ldi.
Gap shundaki, shveycariyalik tennischi amerikalik Tennis Sangrenga qarshi o'tkazilgan turnirning chorak final uchrashuvida haqorat so'zlarini ishlatgan. Buni chiziq hakami eshitib qolgan va bahs yakunlanganidan so'ng referiga aytgan.
Natijada ATP tartib-intizom qo'mitasi Rojer Federerni 3 ming AQSH dollari miqdoridagi jarimaga tortdi.
"Men butun arena eshitadigan darajada gapirmadim. Mayli, yaxshi, men jazoni qabul qilaman. Kelasi safar extiyotkorroq bo'lishga harakat qilaman", - deya Federerning so'zlarini keltirmoqda Express.
Malumot uchun, "Katta Dubulg'a" turnirlarining 20 karra g'olibi yarim finalda serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar