22 jan 07:11
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Fomin yakkalikdagi ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi
Istedodli tennischimiz Sergey Fomin Avstraliya Ochiq chempionatining 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi musobaqasining asosiy to'r ilk davrasida g'alabaga erishgandi.
Ayni paytda dunyo reytingida 999-o'rinni egallab turgan 16 yoshli tennischimiz asosiy to'rning ilk davrasida argentinalik Tiago Augustin Tirantedan ustun kelgandi.
Afsuski, hamyurtimiz hozirgina yakuniga etgan ikkinchi bosqich uchrashuvida braziliyalik Igor Ximenesga yutqazib qo'ydi. Bir soatu 57 daqiqa davom etgan bahsda Ximenes 6:1, 5:7, 6:3 hisobida zafar quchdi. Braziliyalik tennischi ATP reytingida 1444-o'rinni band etgan.
Malumot uchun, 16 yoshli Fomin asosiy to'rga saralash
musobaqasi orqali etib kelgandi. Sergey yaponiyalik
Keysuke Saitoni 6:4, 4:6, 3:6, Janubiy Koreya vakili Xan Seon Yongni 6:1, 3:6,
6:3 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar