18 jan 13:48
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Grigor Dimitrovda g'alaba!
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Melburn shahrida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati davom etmoqda.
Bolgariyalik tennischi Grigor Dimitrov Australian Open turnirining uchinchi davrasida g'alabaga erishdi. U italiyalik Tomas Fabbianoga qarshi kechgan bahsda 7/6(5), 6/4, 6/4 hisobida zafar quchdi.
Endi dunyoning 21-raketkasi bo'lib turgan Grigor 1/8 finalda amerikalik Frensis Tiafo hamda italiyalik Andreas Seppi uchrashuvi g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar