13 jan 18:18
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Iga Svyontek qaytdi
Sayyoramizning ikkinchi raqamli tennis malikasi Iga Svyontek Avstraliya Ochiq chempionatidagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Polshalik tennischi ilk davrada WTA reytingida roppa-rosa 50-o'rinni egallab turgan chexiyalik Katerjina Sinyakovani taslim etdi - 6/3, 6/4. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Sakson uch daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 1 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik Svyontek tomonida bo'ldi - 4 ga 2! Endi u Australian Open ikkinchi bosqichida Rebekka SHramkovaga qarshi kortga chiqadi. Slovakiyalik tennischi o'z o'rnida amerikalik Keti Volinecdan 3/6, 6/2, 6/2 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar