25 jan 15:41
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Jokovich ortiqcha qiyinchiliksiz finalga chiqdi
SHu kunlarda Melburn shahri kortlarida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina erkaklar o'rtasidagi musobaqada ikkinchi finalchining nomi ham malum bo'ldi. Rafael Nadaldan so'ng serbiyalik Novak Jokovich ham final chiptasini qo'lga kiritdi.
Dunyoning birinchi raketkasi 1 soatu 25 daqiqa davom etgan uchrashuvda ortiqcha qiyinchiliksiz franciyalik Lukas Puilni 6:0, 6:2, 6:2 hisobida mag'lub etdi. Puil ATP reytingining 31-pog'onasidan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar