27 jan 13:49
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Medvedev besh setlik bahsda Vavrinkaga yutqazdi
Melburn shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati davom etmoqda.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Daniil Medvedev musobaqaning nimchorak final uchrashuvida reytingning 15-pog'onasida borayotgan shveycariyalik Sten Vavrinkaga imkoniyatni boy berdi. Uch soatu 25 daqiqa davom etgan bahsda rossiyalik 23 yoshli tennischi 34 yashar raqibiga 2/6, 6/2, 6/4, 6/7(2), 2/6 hisobida yutqazdi.
Bahs davomida Medvedev 19, Vavrinka esa 18ta eys zarbasini amalga oshirdi. Bu tennischilarning o'zaro uchinchi uchrashuvi edi. Bundan avvalgi ikki to'qnashuvda Daniilning qo'li baland kelgandi. Stenning Australian Open chorak finalidagi raqibi birozdan so'ng boshlanadigan Andrey Rublyov va Aleksandr Zverev o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng aniqlanadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar