22 jan 15:32
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Medvedev to'rtinchi davraga yo'l oldi
Dunyoning ikkinchi, turnirning birinchi raketkasi hisoblangan Daniil Medvedev Avstraliya Ochiq chempionatining uchinchi davra uchrashuvini o'tkazdi.
Rossiyalik tennis ustasi 3 daqiqasi kam 2 soat davom etgan bahsda Niderlandiya vakili Botik van de Zandshulpni mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/4, 6/2.
Daniil 10 ta eys, 4 ta breykni amalga oshirdi, to'p uzatishlarida 6 marotaba qo'shxatolikka yo'l qo'ydi. Botikda eys zarbalari soni 3 tani tashkil etdi. Biron marta raqib geymini ola bilmadi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Medvedev oldinda boryapti - 2:0.
Endi Daniil Avstraliya Ochiq chempionatining to'rtinchi bosqichida Maksim Kressiga qarshi kortga chiqadi. Amerikalik bu tennischi uchinchi davra bahsida mezbonlar vakili Kristofer O'Konneldan 6/2, 6/7(6), 6/3, 6/2 hisoblarida ustun keldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar