21 jan 08:53
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Naomi Osaka ham chorak finalda!
Xabar berganimizdek, Melburn shahrida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati davom etmoqda.
Xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi bahslarda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan Naomi Osaka 1/4 final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Yaponiyalik tennischi latviyalik Anastasiya Sevastovadan ustun keldi.
Bir soatu 50 daqiqa davom etgan uchrashuvda Naomi reytingning 12-pog'onasidan joy olgan Sevastovani 4:6, 6:3, 6:4 hisobida engdi. Endi Osaka chorak finalda ukrainalik Elina Svitolinaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar