16 fev 14:07
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Osaka ilk yarim finalchi
Melburn shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha Avstraliya Ochiq chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Sayyoramizning uchinchi raqamli tennischisi Naomi Osaka chorak final bahsida Tayvan vakili Se Su-Veyga qarshi bahs olib bordi. Bir saot olti daqiqa davom etgan bahsda yaponiyalik tennischi raqibasini har ikki setda ham bir xil - 6:2, 6:2 hisoblarida taslim etib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Endi u final yo'llanmasi uchun Simona Xalep va Serena Uilyams uchrashuv g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar