05 sen 12:51
Yangiliklar

US Open. Amanda Anisimova ikkinchi finalchi!
Dunyoning to'qqizinchi raketkasi bo'lib turgan Amanda 1/2 finalda WTA reytingida 24-o'rinni egallab turgan yaponiyalik Naomi Osakani kambek evaziga mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi - 6:7(4), 7:6(3), 6:3.
Ikki soatu 5 daqiqa davom etgan bahsda Amanda 7, Naomi esa 15 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Anisimova 6, Osaka 1 ta qo'shxato yo'l qo'ydi. Kunchiqar yurt vakilasi 5, mezbon tennischi esa 6 ta breyk-poyntdan foydalandi.
Umumiy mukofot jamg'armasi 90 million AQSH dollarini tashkil etuvchi US Open turnirining ayollar o'rtasidagi final uchrashuvi ertaga bo'lib o'tadi. Bosh sovrin uchun Amanda Anisimova dunyoning birinchi raketkasi belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar