20 jan 13:53
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Rojer Federer ilk davra uchrashuvini o'tkazdi
Avstraliyaning Melburn shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi yilning ilk turniri davom etmoqda.
Sayyoramizning uchinchi raketkasi Rojer Federer yakkalik bahslaridagi ilk uchrashuvini o'tkazdi. SHveycariyalik tennis afsonasi reytingning 81-pog'onasidan joy olib turgan amerikalik Stiv Jonsonga qarshi bahs olib bordi.
Federer 1 soatu 24 daqiqa davom etgan uchrashuvda raqibini 6/3, 6/2, 6/2 hisobida mag'lub etdi. Endi Rojer Australian Open turnirining ikkinchi davrasida franciyalik Kanten Gali hamda serbiyalik Filip Krayinovich uchrashuvi g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar