30 avg 18:53
Yangiliklar
Rojer Federer tennis shon-shuhrat zaliga kiritildi
Bu haqda International Tennis Hall of Fame rasmiy sayti xabar berdi.
8 avgust kuni Federer 45 yoshga to'ldi. SHveycariyalik tennischi faoliyatini 2022 yil sentyabr oyida Londonda bo'lib o'tgan "Leyver kubogi — 2022"da ishtirok etganidan so'ng yakunlagan edi. Rojer o'z xayrlashuv uchrashuvini juftlik bahsida "Katta Dubulg'a" turnirlarining 22 karra chempioni, sobiq birinchi raketka, ispaniyalik Rafael Nadal bilan birgalikda o'tkazgan.
Avvalroq Rojer US Open — 2026 doirasidagi "Muxlislar haftaligi"da ikkita ko'rgazmali o'yin o'tkazgan edi. Dastlab tennischi Endi Roddikka qarshi bitta set o'ynab, 6:3 hisobida g'alaba qozondi. So'ngra Jon Makinroy bilan juftlikda Andre Agassi va Roddikni 7:5 hisobida mag'lub etdi.



Fikrlar