09 fev 15:44
Yangiliklar
Tennis

Australian Open: Rublev qiyinchiliksiz ikkinchi davraga yo'l oldi
Avstraliyada yilning ilk Katta dubulg'a musobaqasining birinchi davrasi davom etmoqda.
Sayyoramizning sakkizinchi raqamli tennischisi Andrey Rublev ilk bahsini Germaniya vakili Yannik Ganfamannga qarshi o'tkazdi. 1 soat 42 daqiqa davom etgan uchrashuvda rossiyalik raqibini 6:3, 6:3, 6:4 hisoblarida taslim etib, ikkinchi davraga yo'l oldi.
Endi Rublev ikkinchi davrada braziliyalik Tyago Monteyroga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar