14 jan 10:00
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Sabina SHaripova uchinchi davra uchrashuvini o'tkazdi
“Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati saralash bosqichida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Sabina SHaripova uchinchi davra uchrashuvida kortga chiqdi.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Melburn shahrida o'tkazilayotgan yilning nufuzli turnirining uchinchi davrasida saralashning 13-raketkasi rossiyalik Nataliya Viklyancevaga qarshi bahs olib bordi.
Afsuski, hamyurtimiz bir soatu 17 daqiqa davom etgan uchrashuvda hamyurtimiz raqibasiga 2:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Viklyanceva dunyo reytingida 130, SHaripova esa 147-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar