18 jan 13:06
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. SHarapova amaldagi chempionni mag'lub etdi
SHu kunlarda Melburn shahrida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati davom etmoqda.
Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapova musobaqaning amaldagi g'olibasi daniyalik Karolin Voznyackini to'xtatdi. Ikki soatu 24 daqiqa davom etgan bahsda SHarapova kuchli raqibasini 6:4, 4:6, 6:3 hisobida dog'da qoldirdi va to'rtinchi davraga yo'l oldi.
Dunyoning 30-raketkasi bo'lib turgan 31 yoshli Mariya 5ta eys zarbasi va shuncha breykni amalga oshirdi. WTA reytingining 3-pog'onasidan joy olgan 28 yoshli Voznyacki Avstraliya Ochiq chempionatining amaldagi g'olibasi edi. Endi SHarapova 1/8 finalda avstraliyalik Eshli Bartiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar