16 jan 16:08
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. SHarapovaning ikkinchi davradagi raqibasi malum
Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapovaning Australian Open turnirining ikkinchi davrasidagi raqibi malum bo'ldi.
Masha ilk bosqichda germaniyalik Tatyana Mariani 1 soatu 20 daqiqa davom etgan o'yinda 6:1, 6:4 hisobida mag'lub etgandi. Endi SHarapova ikkinchi davrada Australian Open turnirining 14-raketkasi Anastasiya Sevastovaga qarshi kortga chiqadi.
Latviyalik tennischi Avstraliya Ochiq chempionatining 1
soatu 48 daqiqa davom etgan birinchi davra uchrashuvida amerikalik Varvara
Lepchenkodan 3:6, 6:3, 6:2 hisobida ustun keldi. Lepchenko sobiq o'zbekistonlik
tennischi hisoblanadi.

Havola :
Fikrlar