12 jan 12:10
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. SHaripova saralashdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Avstraliyaning Melburn shahrida tennis bo'yicha yilning 4ta nufuzli turniridan dastlabkisi - Australian open musobaqasining saralash bahslari davom etmoqda.
Xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi saralash bahslarida hamyurtimiz Sabina SHaripova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi saralashning ilk davrasida Veronika Kudermetovaga qarshi kortga chiqdi.
Taqqoslash uchun, Sabina
SHaripova WTA reytingida roppa-rosa 150, rossiyalik tennischi esa 209-o'rinni
egallab turibdi. Hozirgina yakuniga etgan bahsda Sabina raqibasini 6:4, 3:6, 6:3
hisobida mag'lub etdi.
Endi Sabina SHaripova saralashning ikkinchi davrasida Xitoy Taypeyi vakilasi Kay-CHen CHangga qarshi kortga chiqadi. CHang dunyo reytingida 114-pog'onani band etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar