21 jan 12:53
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Tennischimiz juftlikda ham g'alabaga erishdi
16 yoshli tennischimiz Sergey Fomin Avstraliya Ochiq chempionatining 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi bahslarida yanai bir g'alabaga erishdi.
Bu safar hamyurtimiz musobaqaning juftlik bahslarida zafar quchdi. Jeysor Leons bilan juftlik hosil qilgan Fomin ilk davrada Salmon Kempbell hamda SHtefan Storx hamkorligiga qarshi kortga chiqdi.
Uch daqiqasi kam bir soat davom etgan uchrashuvda Sergey
va Jeysor raqiblarini ikki setda ham bir xil 6:3 hisobida mag'lub etishdi. Fomin
yakkalikning ilk bosqichida argentinalik Tiago Augustin Tirantedan 4:6, 7:6, 6:0
hisobida ustun kelgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar