13 fev 10:12
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Tim 0:2 hisobidagi mag'lubiyatni g'alabaga aylantirdi
Avstraliyaning Melburn shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi yilning to'rtta musobaqasidan dastlabkisi davom etmoqda.
Sayyoramizning to'rtinchi raqamli tennischisi Dominik Tim uchinchi davrada mezbonlar vakili Nik Kirgiosga qarshi kortga chiqdi. Avstriyalik tennischi dastabki ikki setda 4:6, 4:6 hisoblarida mag'lub bo'ldi. Biroq keyingi uchta setda 6:3, 6:4, 6:4 hisoblarida g'alaba qozonib, to'rtinchi davraga yo'l oldi.
Endi Tim to'rtinchi bosqichda bolgariyalik tajribali tennischi Grigor Dimitrovga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar