01 fev 16:00
Yangiliklar
Australian Open. Tim reytingda Rojer Federerdan o'zib ketishi mumkin
Erkaklar va ayollar o'rtasidagi yakkalik bahslarida final uchrashuvi ishtirokchilari malum bo'lib ulgurgan. Avstriyalik tennischi Dominik Tim bosh sovrin uchun kechadigan bahsda serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqadi.
Agar finalda Tim nomdor raqibini mag'lub eta olsa, u holda aynan yarim finalda Jokovichga yutqazgan shveycariyalik Rojer Federerni reytingda ortda qoldiradi. Mabodo Novak g'alaba qozongudek bo'lsa, unda uning o'zi Nadalni ortda qoldirgan holda reyting peshqadamiga aylanib oladi.
Bu galgi final Dominik Tim uchun faoliyatidagi "Katta Dubulg'a" turnirlaridagi uchinchi final bo'ladi. Tim bosh sovringa ega chiqsa dunyoning uchinchi, mag'lubiyatga uchrasa, to'rtinchi raketkasiga aylanadi. Har qanday holatda ham reytingda o'sishga erishadi.
Fikrlar