12 fev 19:56
Yangiliklar
Tennis

Australian Open. Xalep qiyinchiliksiz to'rtinchi davraga yo'l oldi
Dunyo reytingining ikkinchi pog'onasidan joy olib turgan Simona Xalep Avstraliya Ochiq chempionatidagi yurishini davom ettirmoqda.
Ruminiyalik tennischi uchinchi bosqichda rossiyalik Veronika Kudermetovaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 18 daqiqa davom etgan bahsda Xalep raqibasini 6:1, 6:3 hisoblarida mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
Endi Xalep to'rtinchi davrada polshalik Iga Svyontekga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar