07 may 11:37
Yangiliklar
Futbol

“Barselona“ni musobaqadan chiqarib yuborgan Inzagi o'yindan so'ng nimalar dedi?
“Inter“ bosh murabbiyi Simone Indzagi “Barselona“ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Avvalo, “Barselona“ni tabriklayman, ular chinakam kuchli jamoa. “Inter“ supero'yin ko'rsatishi kerak edi va buni yigitlar uddaladi. Futbolchilarimdan qarzdorman, ular ikkita daxshatli uchrashuvda ajoyib o'yin ko'rsatdi. Men ularga murabbiylik qilayotganimdan xursandman, ular borlarini berishdi. Ular o'z muvaffaqiyatlarini shu stadionda nishonlashlari ajoyib. Bizda bazi muammolar bor edi, lekin qalbimiz barcha to'siqlarni engib o'tdi.
Yamal haqida ko'p gapirildi, lekin men yana bir ajoyib futbolchini ko'rdim — Frenki de Yong. U meni Yamaldan kam hayratga solmadi. Biroq men o'zimning futbolchilarimni hech qaysi yulduzga alishmagan bo'lardim", - dedi Inzagi.
Havola :
Fikrlar