So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

13 sen 10:32
Yangiliklar

Boshqalar

“Avesto”dagi badantarbiya mashg'ulotidan FOTOGALEREYA

Bugun ertalab Urganch shahridagi “Avesto” bog'-majmuasida o'ziga xos yugurish va badantarbiya mashg'ulotlari o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekistonda sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb qilish to'g'risida”gi qaroriga asosan, yurtimizda aholining turli qatlami o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish tizimini yo'lga qo'yish, buning barobarida, yosh avlodni yot illatlardan asrash, qolaversa, mahallalardan tortib, talim muassasalari, korxona va tashkilotlarda jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligini oshirishda dasturilamal vazifasini o'tamoqda. 

Diyorimizda mazkur qaror ijrosini to'laqonli taminlash maqsadida izchil izlanishlar olib borilayotir. Binobarin, O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan “Sport targ'ibotini o'zimizdan boshladik, siz ham safimizga qo'shiling!” shiori ostida yo'lga qo'yilgan sport tadbirlari yurtimiz bo'ylab keng quloch yoymoqda. 

Jumladan, Urganch shahridagi “Avesto” bog'-majmuasida o'ziga xos yugurish va badantarbiya mashg'ulotlari o'tkazildi. Uning etiborli tomoni shunda bo'ldiki, ushbu tadbirlarda Xorazm viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, boshqarma tizimidagi talim muasssasalari, sport maktablarining rahbarlari, masul xodimlar hamda metodistlar hamjihatlikda ishtirok etdilar. 

Tabiiyki, o'tkazilgan yugurish va badantarbiya mashqlari viloyat markazi aholisi, asosan, yoshlarni befarq qoldirmadi. Ular mashg'ulotlarni bevosita kuzatib, uning inson uchun foydali jihatlarini ko'ngildan his qilishdi.  

- Turli kasalliklarning oldini olishda jismoniy tarbiya va sport muhim ahamiyat kasb etadi, - deydi Xorazm viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SHokir Madaminov. - Ayniqsa, sog'liqni, salomatlikni bir meyorda saqlashda badantarbiya va harakatdan yaxshi vosita bo'lmasa kerak. Har kuni belgilangan masofaga yugurish, o'z vaqtida badantarbiya bilan shug'ullanish odamga faqat va faqat naf keltiradi. SHunday ekan, har bir kishi badantarbiya mashg'ulotini kundalik odatiga aylantirmog'i zarur. Demak, “Sport targ'ibotini o'zimizdan boshladik, siz ham safimizga qo'shiling!”.

Ikrom XUDOYBERGANOV tayyorladi /Urganch/

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing