So’nggi yangiliklar

12:40ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 12:09Майкл Пейж: "Misfits Boxing`да UFC`даги бутун фаолиятимдагидан кўпроқ пул ишлайман" 0 11:38Икки рус жамоасини мағлуб этган "Тошкент" "Шаҳарлар жанги" мусобақасининг 4-босқич ғолиби сифатида 5 млн долларлик Суперфиналга йўл олди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:07Уайт Стриклендга жавоб қайтарди: "У яқинда янги шартнома имзолади" 0 10:36Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" "Ал Садд"ни мағлуб этди. "Ал Иттиҳод" "Шабаб Ал Аҳли"га ютқазди + ВИДЕО 0 10:05Сауль Альварес бугуннинг энг кучли беш нафар жангчисини айтди 0 09:34Тим Цзюнинг кейинги рақиби маълум бўлди 0 09:03Мурадовга илк мағлубиятни тақдим этган Мёршарт фаолиятини якунлади 0 08:32ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Галатасарой"ни мағлуб этди, МЮ ва "Интер"да мағлубият, "Бавария"да дуранг + ВИДЕО 0 08:01WBA сайтида Мунгиянинг кейинги жанги бўйича маълумот пайдо бўлди 0 19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0 19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0

14 okt 11:38
Yangiliklar

Dzyudo

Ikki rus jamoasini mag'lub etgan "Toshkent" "SHaharlar jangi" musobaqasining 4-bosqich g'olibi sifatida 5 mln dollarlik Superfinalga yo'l oldi + FOTOGALEREYA

Sentyabr oyi oxirida dzyudo bo'yicha "SHaharlar jangi" (Bitva Gorodov) Kontinental divizionining xalqaro saralash turnirlari seriyasiga start berilgandi.

O'n sakkiz yoshgacha bo'lgan dzyudochilardan iborat jamoalar o'rtasida tashkil etilayotgan ushbu musobaqaga sakkizta shahar mezbonlik qilishi belgilangan edi. Poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasi turnirning to'rtinchi bosqichiga mezbonlik qildi. 

Turnir qoidasiga ko'ra, Oliy divizionning sakkizta mintaqasi g'oliblari va kumush medal sohiblari Superfinalga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma oladilar. Uchinchi va to'rtinchi o'rinni egallagan jamoalar esa finalga chiqish uchun xalqaro saralash turnirlarida kurashni davom ettiradilar. Har bir turnirda to'rtta jamoa (ikkitasi mezbon) ishtirok etadi.

"SHaharlar jangi" xalqaro seriyasi 23 sentyabr kuni Qozog'istonning Ostona shahrida boshlandi. Keyin esa Belarusning Minsk, Qirg'iz Respublikasining Bishkek shaharlarida navatdagi bosqich bahslari o'tkazildi. 

Poytaxtimiz mezbonlik qilgan to'rtinchi bosqichda "Toshkent", "Xorazm" hamda Rossiyaning "Troick" va "Tyumen" jamoalari o'zaro bahslashdi. 

Musobaqaga faxriy mehmon sifatida Rossiya dzyudo federaciyasi vice-prezidenti Valentin Xabirov tashrif buyurdi.

Natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, "Toshkent" jamoasi "Xorazm" dzyudochilarini 13:8, "Tyumen"ni 13:4, "Troick"ni esa 13:4 hisobida engib, to'rtinchi mintaqa g'olibi sifatida umumiy mukofot jamg'armasi 5 million AQSH dollarini tashkil etuvchi Superfinalga yo'l oldi. "SHaharlar jangi" Gran-Pri finali 2027 yilning 15-24 yanvar kunlari BAAda o'tkaziladi.  

Saralashning qolgan bahslari oktyabr va noyabr oylarida Armanistonning Erevan, Mo'g'ulistonning Ulan-Bator, Turkiyaning Istanbul shaharlarida o'tkaziladi. Xalqaro saralash seriyasi esa Serbiya poytaxti Belgrad shahrida yakunlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing