So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

10 okt 16:03
Yangiliklar

SHaxmat

“Avlodlar bellashuvi” shaxmat musobaqasining mutlaq g'oliblari aniqlandi

Teglar :  SHaxmat
“Nuroniy” jamg'armasi Jizzax viloyati bo'limi tomonidan keksalar va yoshlar o'rtasida o'tkazilgan shaxmat musobaqasi shunday nomlandi.

Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “O'zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg'armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida ishlab chiqilgan tadbirlar rejasi Jizzax viloyatida ham izchil amalga oshirilayotir.

“Nuroniy” jamg'armasi viloyat bo'limining Jizzax shahridagi “Xotira” xiyoboni hududida joylashgan mamuriy binosi o'tgan yili qayta qurilib, “Nuroniylar maskani” majmuasi barpo etilishi bu erda turli madaniy-marifiy tadbirlar o'tkazish uchun keng imkoniyatlar yaratdi.

Musobaqada 25 mehnat faxriysi hamda maktab va kasb-hunar kollejlarining 19 nafar o'quvchisi ishtirok etdi.

– Yoshlar tarbiyasida keksa avlod vakillari faol ishtirok etmoqda, – deydi “Nuroniy” jamg'armasi viloyat bo'limi raisi N.Nusharov. – Nuroniylar bilan yoshlar o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida o'tkazilgan ushbu tadbir ham ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otdi. Musobaqaga faqat ishtirokchilar emas, barcha qiziquvchilar kelgani sportning shaxmat turini ommalashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

Musobaqa nizomiga ko'ra, bahslar dastlab keksalar va yoshlar o'rtasida alohida-alohida o'tkazilib, sovrindorlar aniqlandi. SHundan so'ng har ikki guruh g'oliblari o'rtasida “Avlodlar bellashuvi” musobaqasining mutlaq g'oliblari aniqlandi.

Keksalar o'rtasida Jizzax shahri jamoasi g'olib bo'ldi. SHavkat Ahmadjonov birinchi, Abdurashid Adiqulov ikkinchi, Tursunboy Jamolov esa uchinchi o'rinni egalladi.

Yoshlar o'rtasidagi bahsda Forish tumanidan Muhammad Jiyanov birinchi o'ringa sazovor bo'ldi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni Paxtakor tumani vakili Ravshan Qo'ldoshev, yangiobodlik Nodir Zarifjonov qo'lga kiritdi.

G'oliblar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Toshqul Beknazarov, O'zA

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing