01 avg 10:58
Yangiliklar
Tennis
Avstraliyalik Aleks Atlantada tengsiz!
AQSHning Atlanta shahrida o'tkazilgan ATP turniri avstraliyalik tennischining g'alabasi bilan yakuniga etdi.
Yashil qitaning 30 yoshli vakili Aleks De Minaur bosh sovrin uchun kechgan final uchrashuvida ATP reytingida 43-o'rinni egallab turgan amerikalik Jenson Bruksbini 6/3, 6/3 hisobida taslim etdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrshuvi bo'lib, 92 daqiqa davomida De Minaur 4 ta, Bruksbi esa 2 ta eys zarbasini ijro etgan. Atlantadagi bir haftalik mehnat De Minaurga 250 reyting ochkosi hamda 107,770 dollar mukofot puli keltirgan. Bu avstraliyalikning faoliyatidagi oltinchi sovrin bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar