22 dek 09:36
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/25227_220.jpg)
“Ayaks” bosh murabbiyi istefoga chiqarildi
Gollandiyaning “Ayaks” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Marsel Kayzer bilan xayrlashdi.
48 yoshli mutaxassis bilan birga uning yordamchilari Xenni Spikerman va Dennis Bergkamp ham jamoani tark etdi. O'tgan yili yozda Peter Bos Dortmundning “Borussiya”siga bosh murabbiy etib tayinlangach, uning o'rniga Kayzer “Ayaks” rulini o'z qo'liga olgandi.
Ayni paytda Mikael Rayciger jamoaga vaqtincha bosh murabbiyi sifatida ish yuritadi. “Ayaks”
hozirdi Gollandiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi pog'onada bormoqda
(peshqadam “PSV”dan besh ochko orqada). Amsterdamliklar Gollandiya
kubogining 1/8 finalidayoq musobaqadagi yurishlarini to'xtatishgan.
Havola :
Fikrlar