24 okt 11:27
Yangiliklar
Futbol
"Ayaks" bosh murabbiyini istefoga chiqardi. Klub 8 o'yinda g'alaba qozona olmay, 17-o'rinda bormoqda
"Ayaks" klubi jamoa bosh murabbiyi Moris Steyn bilan kelishuv bekor qilinganini rasman elon qildi.
"Ayaks" saytidagi xabarga ko'ra, klubning joriy mavsumdagi qoniqarsiz natijalari sababli bosh murabbiy istefoga chiqarilgan. Steyn bilan 2026 yilgacha belgilangan shartnoma bekor qilindi.
Amsterdam klubi ketma-ket 8 o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapti. CHempionatning eng sovrindor jamoasi 7 o'yindan keyin 5 ochko bilan 17-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Fikrlar