18 avg 09:49
Yangiliklar
Ramazon Temirov o'rniga Muhammad Mokaevga yangi raqib berildi + POSTER
Avval xabar berganimizdek, turnir doirasida hamyurtimiz Ramazon Temirov britaniyalik sobiq UFC jangchisi Muhammad Mokaevga qarshi bahs olib borishi kerak edi. Ammo Ramazon uchun 24 oktyabr kuniga rasman jang belgilangani bois, Mokaev raqibsiz qolgandi.
Tashkilot Muhammad Mokaevga yangi raqib berdi. Armanistonlik aralash yakkakurash ustasi Moris Boleyan "Ora Arena"da o'tadigan turnirda britaniyalik raqibi bilan hisob-kitob qiladigan bo'ldi. Ushbu bellashuv Grand Title Battle Match nomi ostida 60 kg gacha bo'lgan vazn toifasida jangovar greppling qoidalari asosida o'tkaziladi.
Tadbirning targ'ibot materiallarida jang aynan jangovar greppling formatida o'tishi alohida takidlangan. Tashkilotchilar, shuningdek, ACBJJ 22 turniriga chiptalar sotuvi liganing rasmiy chiptalar xizmati orqali boshlanganini ham malum qilishdi.
Malumot uchun, Moris Boleyan professional MMAda 6 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Yagona mag'lubiyatini shu yil oxirgi jangida qabul qilib olgan. U 31 yanvar kuni UAE Warriors 67 turniri doirasida Roni Enrike Pintoga hakamlarning ayri qarori bilan yutqazib qo'ygandi.

Fikrlar