So’nggi yangiliklar

07:32Кубарси Европада йилнинг энг яхши ёш футболчисига бериладиган Golden Boy совринини қўлга киритди 0 07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0

31 dek 09:29
Yangiliklar

SHaxmat

Ayollar o'rtasidagi blic bahslarida Afruza Hamdamova 8-turgacha zo'r o'ynadi

Xabar berganimizdek, Nyu-Yorkda o'tayotgan shaxmat bo'yicha blic bo'yicha jahon chempionatida chorak final ishtirokchilari malum bo'ldi.

Ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashgan yagona vakilamiz Afruza Hamdamova rapid bahslarida shov-shuvli natija qayd etgandi. Afruza bir necha jahon chempionlarini mag'lubiyatga uchratib, yakunda chempiondan bor yo'g'i yarim ochko kam, kuchli uchlikdan joy olgan Ju Ven Jun (Xitoy, 2536) va Katerina Lagno (FIDE, 2433) bilan esa bir xilda ochko jamg'arib, sovrinli o'rinlardan chetda qolgandi. 

Hamdamova 11 ta turdan iborat blic bahslarida ham yomon qatnashmadi. Ayniqsa, dastlabki 7 ta turda mag'lubiyatga uchramadi. U 1-turda aynan blic bo'yicha ikki karra jahon chempioni qozog'istonlik Bibisara Assaubaeva bilan uchrashuvda muqarrar mag'lubiyatdan chiqib ketib, durangga imzo chekdi. Keyin Deys Korini mag'lubiyatga uchratdi. Rossiyalik jahon chempioni Valentina Gunina hamda amerikalik Alise Li bilan durang o'ynadi. Gruziyalik Lela Javaxishvili va xitoylik grossmeyster Jon Yi Tanni taslim eta oldi. Ettinchi turda germaniyalik Dinara Vagner bilan murosaga keldi. Oxirgi 4 ta turda biroz charchab qoldi chog'i, 3 ta mag'lubiyat qabul qilib oldi. Aynan shu mag'lubiyatlar uning Top-8`talikka kirishiga to'sqinlik qildi. 

SHunga qaramay, jahon chempionatida qatnashgan yagona vakilamiz rapid bahslaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki bois, dunyoning Top-20`talik reytingiga kirib olishga erishdi. AQSH sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova esa blic jahon chempionatida 99-o'rin bilan kifoyalandi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing