01 jan 10:12
Yangiliklar
Ayollar o'rtasidagi blic jahon chempionatida ham chempion aniqlandi
Jahon chempionatining blic, yani tezkor shaxmat bahslarida tarixiy holat qayd etilgani haqida xabar bergan edik. Tarixda ilk bor erkaklar o'rtasidagi musobaqada ikki chempion bo'ldi. Blic bahslarining finalida norvegiyalik Magnus Karlsen hamda FIDE bayrog'i ostida o'ynagan rossiyalik Yan Nepomnyashiy o'zaro to'qnash kelishdi.
Dastlabki ikki partiyada Magnus g'alaba qozondi. Keyin Yan ikki g'alaba evaziga muvozanatni tikladi - 2:2. Keyingi uchta partiyada kuchlar teng keldi. SHunda Magnus Yanga qo'shchempionlikni taklif qildi. Nepomnyashiy esa uni qabul qildi. SHu kungacha tarixda bunday holat kuzatilmagan edi. FIDE Magnus Karlsen uchun ishlayotganga o'xshab qolyapti.
Ayollar o'rtasidagi blic bahslarida esa xitoylik Czyuy Venczyun 2024 yilgi jahon chempioni bo'ldi. U finalda hamyurti Ley Tinczeni mag'lubiyatga uchratdi — 3,5:2,5. Jahon chempionatining bronza medallari rossiyalik Ekaterina Lagno hamda hindistonlik Rameshbabu Vayshaliga nasib etdi.
Fikrlar