25 apr 12:49
Yangiliklar
Azam Toliboev g'oliblik shohsupasiga ko'tarildi FOTOREPORTAJ
To'siqlardan sakrab o'tish bo'yicha o'tayotgan musobaqalarda Germaniya, Polsha, Belarus, Armaniston, Rossiya, Qozog'iston kabi xorijiy davlatlardan kelgan chavandozlar hamda ot sporti bo'yicha mutaxassislar jalb qilinganligi bellashuvlarning naqadar qizg'in va murosasiz o'tayotganligidan dalolat berib turibdi.
Kecha 130 sm. balandlikdagi to'siqlardan oshib o'tish bellashuvida hamyurtimiz Azam Toliboev o'zining “LADY” laqabli otida g'oliblik nashidasini surdi. Keyingi o'rinlar yana bir hamyurtimiz Bahromjon Gaziev (“ETHOS”) va qozog'istonlik chavandoz Nurila Turisbekova (“CLINTARO”) ga nasib etdi.
Xalqaro turnirning barcha g'olib va sovrindorlari bugun malum bo'ladi.
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Fikrlar