So’nggi yangiliklar

10:59Илгиз Танташевнинг ЖЧ-2026`даги тақдири маълум! 0 10:27SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек ва Алиреза бир хилда очко тўплади, чемпион номини армагедон ҳал қилди 0 09:54Нурмагомедов: "Ҳеч ким Махачев рекордини янгилай олмайди" 0 09:21ACBJJ 21: Росас Магомедшариповни, "Гладиатор" эса Петросянни тўхтатди, Зубайрада мағлубият! 0 08:49Неймар Бразилия терма жамоасидаги фаолиятини якунлади 0 08:23Naroditsky Memorial 2026. Жавоҳир Синдаров блиц турнирида ҳам чемпион бўлди! 0 07:52Тошкент вилояти дзюдочилари Ўзбекистон Кубоги соҳиби! 0 18:18Флойд Мейвезер: "50 ёшда ҳам ҳамон жаҳон боксининг юзиман" 0 17:46Клопп — Германия терма жамоасининг янги мураббийи! 0 17:07Амалдаги энг ёш жаҳон чемпиони камар ҳимояси учун рингга кўтарилди 0 16:29"У чемпион ва нима қилишни ўзи ҳал қилади". Кличко Усикнинг чемпионлик камарларидан воз кечиш қарори ҳақида 0 15:58"Махачев билан жанг қилмоқчи эдим". Усман дю Плессига жавоб берди 0 15:23The Athletic ЖЧ-2026`нинг 50 нафар энг яхши футболчиси номини эълон қилди 0 14:47Naroditsky Memorial Rapid 2026. Синдаров ва унинг устози Мадаминов финал босқичида! 0 14:19Улуғбек Рашидов уч карра Осиё чемпиони! 0

04 fev 16:50
Yangiliklar

Futbol

Azamat Abduraimov istefoga chiqdi

O'zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov istefoga chiqdi.

2018 yil mart oyida ushbu terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan Azamat Birodarovich o'z arizasiga ko'ra ishdan bo'shadi. Buni murabbiyning o'zi ham tasdiqladi. 

Eslatib o'tamiz, Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan edi. Yaqindagina terma jamoa Belarus poytaxtida o'tgan Rivojlanish kubogida ishtrok etib 8ta jamoa orasida 8-o'rinni egallagan edi

Ushbu qaror sababini bilish uchun murabbiy bilan bog'landik.

"Ha, bu haqiqat. Bugun ketish haqida ariza yozdim. Qaror o'zimniki. Uni muhokama qilishni istamayman. Bu terma jamoa bilan 2 yil halol mehnat qildim, Osiyo chempionati finaliga chiqdik. O'tgan yili jamoani tozaladik va hozir unda birorta yoshi katta yoki tanish bilish orqali kelgan futbolchi yo'q. Futbolni tanish-bilishchilik bilan o'ynashmaydi, afsonaviy futbolchining o'g'li sifatida buni yaxshi bilaman. Hammasiga o'zim erishganman. Otamning familiyasi tufayli ikki baravar qiyin bo'lgan.

Bu terma jamoaga ko'p kuch va mehnatimni sarfladim. Irodali jamoa tuza oldim. Yosh o'yinchilarga ajoyib futbolchi bo'lib etishishni, yangi murabbiylar shtabiga esa jahon chempionatiga chiqish vazifasini bajarishni tilayman" - dedi Azamat Abduraimov.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing