03 jan 10:06
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/25935_220.jpg)
Azar Belgiyada yil futbolchisi deb topildi
“CHelsi” va Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Eden Azar 2017 yil yakunlariga ko'ra o'z yurtida tengsiz deb topildi.
Ovoz berish jarayonida 27 122 muxlis ishtirok etib, ulardan 10280 nafari 26 yoshli yarim himoyachiga ovoz bergan. Ikkinchi o'rin “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne (4710), uchinchi pog'ona “Manchester Yunayted” hujumchisi Romelu Lukaku (3223)ga nasib etdi.
Qizig'i shundaki, De Bryuyne va Lukaku bir vaqtlar Azar bilan bitta jamoada to'p tepishgan. 2017 yilda Belgiya terma jamoasi JCH-2018 final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Fikrlar