18 sen 07:28
Yangiliklar
Tennis
Azarenko Australian Open g'olibasiga bitta ham geym bermadi
Italiya poytaxti Rim shahrida tennis bo'yicha WTA turniri davom etmoqda.
WTA reytingida 14-pog'onadan joy olib turgan belaruslik Viktoriya Azarenko sayyoramizning beshinchi raqamli tennis malikasi, amaldagi Australian Open musobaqasi g'olibasi, amerikalik 21 yoshli Sofiya Keninga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/0, 6/0.
Uchrashuv 1 soatu 1 daqiqa davom etgan. Ushbu g'alabasi evaziga 31 yoshli Viktoriya o'zaro uchrashuvlardagi hisob muvozanatini tikladi - 1:1. Endi Azarenko Internazionali BNL d'Italia turnirining 1/8 finalida rossiyalik Darya Kasatkinaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar