25 iyu 13:58
Yangiliklar
Tennis

Iga Cvyontek faoliyatidagi 300-g'alabasiga erishdi
Germaniyaning Bad-Xomburg shahrida maysa qoplamali WTA turniri bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning sakkizinchi raketkasi bo'lib turgan Iga Svyontek ikkinchi davrada WTA reytingida 105-pog'onadan joy olgan belaruslik sobiq birinchi raketka Viktoriya Azarenkoni ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/4.
Polshalik tennis malikasi o'zaro uchrashuvlar hisobida katta farq bilan oldinda bormoqda - 5:1. To'qson etti daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 6 tadan eys zarbasini amalga oshirgan.
Etiborlisi, bu Iga Svyontek uchun WTA turnirlaridagi yubiley 300-g'alabasi bo'ldi. Endi u 1/4 finalda rossiyalik Ekaterina Aleksandrova yoki greciyalik Mariya Sakkari uchrashuvi g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar