02 sen 13:46
Yangiliklar
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Endi qattiq mehnat qilishimiz kerak"
"Rossiya chempionatida barcha vazn toifalari yaxshi va raqobatbardosh. Qaysidir vaznda raqobat past, degan holat yo'q. Har bir vaznda xalqaro musobaqalar sovrindorlari va chempionlari bor. SHuningdek, rahbariyat qura tashlash marosimini o'tkazishga ruxsat bergani va eng kuchli bokschilarni turli toifalarga ajratib qo'ygani ham yaxshi bo'ldi.
Umuman, rahbariyat bizning fikrlarimizga etiborli munosabatda bo'ladi va iltimoslarimizni inobatga oladi. Buning uchun ularga katta rahmat. Endi esa biz ishlashimiz, qattiq mehnat qilishimiz, qo'lni shimarib, bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz kerak. Mamlakatimiz uchun yaxshi natijaga erishish uchun er tishlab bo'lsa ham kurashishimiz lozim. Biz aynan shuning uchun mehnat qilyapmiz.
Kim kuchli bo'lsa, o'sha g'alaba qozonadi va musobaqalarga ham eng kuchlilar boradi. Biz ruxsat berilishini uzoq kutdik, endi esa o'zimizni ko'rsatishimiz kerak", — dedi Viktor Farxutdinov.
Fikrlar