08 jan 16:07
Yangiliklar
Tennis

Azarenko Australian Open turnirida qatnashmaydigan bo'ldi
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi, “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlarning ikki karra g'olibasi Viktoriya Azarenko Australian Open-2018 musobaqasida ishtirok etmaydigan bo'ldi.
Bu malumot WTA rasmiy saytida ham chop etildi. Uni
Avstraliya Ochiq chempionati turniri direktori Kreyg Tili ham tasdiqladi.
Belaruslik tennischiga turnir tashkilotchilari wild card, yani asosiy to'rda to'g'ridan-to'g'ri qatnashish huquqini
beruvchi imtiyozli yo'llanma taqdim etishgandi.
Azarenkoning bunday qarorga kelishiga o'g'li Leo bilan bog'liq sud jarayonining hali davom etayotgani sabab bo'lgan. Viktoriya aynan mana shu omil tufayli Oklenddagi turnirda ham qatnasha olmagandi. Endi imtiyozli yo'llanma Ayla Tomlyanovichga beriladi. Australian Open turniri 15-28 yanvar kunlari oralig'ida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar