22 dek 10:29
        Yangiliklar	
	
				
				    Boshqalar			    
				 
				
			 
				Aziz Abduhakimov: "Sport va siyosatni bir-biriga aralashtirish noto'g'ri"
Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Xitoyda o'tadigan qishki olimpiada o'yinlarini dunyoning ayrim davlatlari siyosiy sabablar bilan boykot qilayotgani haqida gapirdi. 
			"O'ylashimcha, sport va siyosatni bir-biriga aralashtirish noto'g'ri. O'zingiz o'ylab ko'ring, sportchilar butun hayotini sportga bag'ishlaydi. Ular ijodkorlar, jurnalistlarga o'xshab, o'z kasbiga fidoyilik bilan xizmat qilishga harakat qiladi. O'ylab ko'ring, sportchi butun hayotini sportga bag'ishlasa-yu, to'siqlardan o'tsa-yu, kimningdir siyosiy sababi bilan musobaqada o'z mahoratini ko'rsatolmasa. O'ylashimcha, bu xato. SHuning uchun O'zbekiston bu turnirda, albatta, ishtirok etadi.
Hozir bizda bu olimpiadaga bitta licenziya bor, shuningdek, yana bir licenziyani qo'lga kiritishimiz mumkin", - deya vazirning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda kun.uz nashri.
            Havola            :         
             
			
Fikrlar