01 jan 18:01
Yangiliklar
Futbol

Aziz Turg'unboev "Paxtakor" futbolchisiga aylandi
Yarim himoyachi Aziz Turg'unboev va "Paxtakor" o'rtasida ikki yillik shartnomaga imzo chekildi.
"Navbahor" safida oxirgi to'rt mavsumda asosiy tarkib o'yinchisiga aylanib, 72 bellashuvda 15 gol muallifi bo'lgan Turg'unboev kelasi ikki mavsum mobaynida "Paxtakor" sharafini himoya qiladi. 24 yoshli yarim himoyachi oxirgi ikki yilda "Navbahor" safida chiroyli o'yinlari bilan etiborga tushgandi.
SHu tariqa Aziz Turg'unboev "Paxtakor"ning 2019 yilgi mavsum uchun birinchi kelishuviga aylandi. Unga 5 yanvar kuni start oladigan Osiyo Kubogida O'zbekiston milliy terma jamoasi safida muvaffaqiyat yor bo'lishiga tilakdoshmiz.
Havola :
Manba : pakhtakor.uz
Fikrlar