15 mar 07:51
Yangiliklar
Futbol

BAA chempionati. SHukurov gol urgan bahsda “SHarja” yirik g'alabaga erishdi
BAA chempionatining 19-turida Otabek SHukurov harakat qilayotgan “SHarja” klubi mehmonda autsayder “Al Fujayra”ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvda "SHarja" 3:0 hisobida zafar quchdi. O'yinni asosiy daqiqalardan boshlagan SHukurov bahs yakuniga yaqin raqib darvozasini ishg'ol etib, bahsga chiroyli nuqta qo'ydi. Bu hamyurtimizning chempionatdagi uchinchi goli bo'ldi.
“Al Fujayra” – “SHarja” 0:3 (0:1, 0:2)
“Fujayra klub” stadioni
Gollar: Markus Meloni 19, Rayan Mendesh 75, Otabek SHukurov 90.
Havola :
Fikrlar