11 okt 19:41
Yangiliklar
Gimnastika
Badiiy gimnastikachilarimiz Yaponiyada o'tadigan Jahon chempionatiga borishadi
Musobaqada ishtirok etuvchi gimnastikachilarimizning kengaytirilgan tarkibi malum.
Yaponiyaning Kitakushu shahri 22 oktabr – 3 noyabr kunlari badiiy gimnastika bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Nufuzli musobaqada Liliya Vlasova murabbiyligi ostida o'zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishadigan bo'ldi. Hozircha jahon chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoamizning kengaytirilgani tarkibiga 4 nafar sportchi kiritildi. Bular – Sabina Tashkenbaeva, Taxmina Ikromova, Ekaterina Fetisova, Mariya Pak.
Malumot uchun, ushbu kengaytirilgan tarkibdan faqatgina ikki nafar sportchi yakuniy tarkibda qoladi. SHuningdek, jahon chempionatida hamyurtimiz Mayya Fillipova ham hakam sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar