06 avg 11:59
Yangiliklar
Badiiy gimnastikachilarimiz licenzion jahon chempionatida ishtirok etishadi
Dunyoning ko'plab mamlakatlaridan 350 nafarga yaqin eng kuchli sportchilarni o'zida jamlaydigan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari ham ishtirok etishadi.
Ahamiyatlisi, mazkur dunyo birinchiligida Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlarining dastlabki yo'llanmalari o'ynaladi. Dasturga ko'ra, ham yakkalik, ham guruh mashqi dasturlarida dastlabki uch o'rinni egallagan sportchi va jamoalar Olimpiada licenziyalariga ega chiqishadi. Dunyo birinchiligida quyidagi 7 nafar sportchimiz sovrinli o'rinlar va Olimpiada yo'llanmalari uchun kurash olib borishadi:
Yakkalik: Taxmina Ikromova.
Guruh mashqi: Evelina Atalyans, Mumtoza Ishoqzoda, Amaliya Mamedova, Yasmina Mkrticheva, Yuliya Valevataya, Tamila Ziganshina.

Fikrlar